Toshkentning Mirobod tumanida 2008 yilda tug`ilgan M.A. vafot etgan. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, marhumaning o`limiga "noma`lum etiologiyali moddadan zaharlanish" sabab bo`lgan.
Holat yuzasidan Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Qo`shimcha ma`lumot beriladi.






