O`zbekiston Davlat statistika agentligi sentyabr oyi uchun palov indeksini e`lon qildi. Bu haqda agentlikning saytida keltirilgan.
Mamlakatning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o`tkazilgan kuzatuv natijalari bo`yicha palovning o`rtacha narxlari quyidagi ko`rinishga ega bo`ldi:
Qoraqalpog`iston Respublikasi — 20 800 so`m;
Andijon viloyati — 22 400 so`m;
Buxoro viloyati — 28 200 so`m;
Jizzax viloyati —23 200 so`m;
Qashqadaryo viloyati — 25 800 so`m;
Navoiy viloyati — 20 800 so`m;
Namangan viloyati — 19 833 so`m;
Samarqand viloyati — 27 000 so`m;
Surxondaryo viloyati — 25 000 so`m;
Sirdaryo viloyati — 23 200 so`m;
Toshkent viloyati — 21 833 so`m;
Farg`ona viloyati — 19 667 so`m;
Xorazm viloyati — 22 800 so`m;
Toshkent shahri — 29 000 so`m.
“Narxlarni ro`yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o`tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o`zgarib turadi. Mazkur ma`lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o`rtacha narxlari hisobga olingan bo`lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan”, deyiladi xabarda.