2023 yilning 1 oktyabr kunidan boshlab, Toshkent xalqaro aeroporti va Bobur ko`chasini bog`lovchi ko`prik yo`lini ta`mirlash ishlari doirasida ko`prik yo`li orqali avtobuslar va yuk transportining harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Unga ko`ra,, mazkur ko`chalar orqali harakatlanuvchi avtobus yo`nalishlarining harakati quyidagicha tashkil etiladi:
- 67, 76, 94-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati Bobur ko`chasidagi Yakkasoy TIIB bekatida qisqartiriladi;
- 11, 40, 45-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati Bobur ko`chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog`och, Kichik halqa yo`li, Sariko`l, Temiryo`lchilar, H.Aliev, Lokomotiv, Qumariq ko`chalari orqali keyingi harakati o`z yo`nalishi bo`ylab vaqtinchalik o`zgartiriladi;
- 61, 106-sonli avtobus yo`nalishlari harakati Aeroport-2 bekatida qisqartiriladi;
- 47, 77-sonli avtobus yo`nalishlarining harakati Bobur ko`chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog`och, Kichik halqa yo`li, Sariko`l, S.Banokatiy, Lokomotiv, Qumariq ko`chalari orqali keyingi harakati o`z yo`nalishi bo`ylab vaqtinchalik o`zgartiriladi.