AsosiyJamiyat

Qo`lni tozalab yuvish imkoni bo`lmagan sharoitda qanday qilib sifatli tibbiy yordam ko`rsatamiz?

'Qo`lni tozalab yuvish imkoni bo`lmagan sharoitda qanday qilib sifatli tibbiy yordam ko`rsatamiz?'ning rasmi

Sanepidqo`mitada aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlashga bag`ishlangan anjuman bo`lib o`tdi. Unda ishtirok etgan Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova xalqni qiynayotgan ichimlik suvi bilan bog`liq achchiq haqiqatlarni aytdi.

“Agar biz tibbiy muassasaga suv etkazib berolmasak, unda qanday qilib bizga taqdim etilgan va lozim bo`lgan standartlarni bajaramiz? Qo`lni tozalab yuvish imkoni bo`lmagan sharoitda qanday qilib aholiga sifatli tibbiy yordam ko`rsatamiz?

Hozir faqat tibbiyot muassasalari haqida gapiryapmiz, lekin ta`lim muassasalarida, maktab va bog`chalarda ichimlik suvi yo`qligi bu bugungi kun uchun, XXI asr uchun, rivojlanayotgan O`zbekistonimiz uchun chidab bo`lmaydigan holat, deb baholashimiz mumkin.

Bolalarimizga bugundan boshlab suvdan to`g`ri foydalanish, qadriga etishni o`rgatmas ekanmiz va ularni suv bilan ta`minlamas ekanmiz, o`zimiz istagan barkamol, sog`lom avlodni etishtirishimiz, tarbiyalashimiz xavf ostida qoladi”, — dedi Maqsuda Vorisova.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar