Endilikda yashash joyiga ega bo`lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi olti oy muddatgacha vaqtincha uy-joyga joylashtiriladi. Bu haqda bugun prezident tomonidan qabul qilingan "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko`rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarorida aytilgan.
Unga ko`ra, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga muayyan yashash joyiga ega bo`lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini Agentlik huzuridagi uy-joy fondiga ega bo`lgan muassasalarga olti oy muddatgacha vaqtincha ro`yxatdan o`tkazish huquqi beriladi.
Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.