AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda harorat pasayib, qator hududlarda yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonda harorat pasayib, qator hududlarda yomg`ir yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo`ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kuchli bo`lishi mumkin,

baland tog`li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar