AsosiyJamiyat

O`zbekistonda hafta qanday ob-havo bilan yakunlanishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda hafta qanday ob-havo bilan yakunlanishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Kecha O`zbekistonning shimoli-g`arbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib keldi, bugun esa nam havo massalari respublikamizning barcha hududlariga tarqalmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun kunduzi va 7 oktyabrga o`tar kechasi hududning katta qismida bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechagi kunga nisbatan 6-8 ga past bo`lib, 18-23 gradusni tashkil etadi.

Ertaga kunduzi nam havo massasi O`zbekiston hududidan chekina boshlaydi va respublika bo`yicha yana yog`ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat ertalabki soatlarda markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim joylarida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Yakshanba kuni esa O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi.

Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin ko`tariladi va yakshanba kuni 22-27gradusni tashkil etadi.

Kechasi va ertalab salqin bo`lishi kuzatiladi, havo harorati 9-14gradus atrofida bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida 6-8 oktyabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. 6-7 oktyabrda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Baland tog`li hududlarda yomg`ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Toshkentda: havo o`zgarib turadi, 6 oktyabrda va 7 oktyabrda kechasi vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. 7 oktyabrda ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik kutimaydi. 8 oktyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 11-14gradus, kunduzi 6 oktyabrda 21-23gradus, 7-8 oktyabrda 23-26gradus bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar