AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda G`aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig`i paxta uchun 1 mln.dan yig`ayotgani aytilmoqda

'Qashqadaryoda G`aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig`i paxta uchun 1 mln.dan yig`ayotgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat G`aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig`i paxta terimi uchun xodimlaridan 1 million so`mdan yig`ayotgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov bu xabarni rad etdi.

"2023 yil 6 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryodagi G`aznachilik kattasi xodimlardan paxta uchun 1 million so`mdan yig`ib olmoqda” sarlavhali “Qashqadaryo viloyati G`aznachilik boshqarmasi boshlig`i G`ulom Ahmedov paxta mavsumiga shahar va tumanlar g`aznachilik xizmati bo`limlaridagi har bir xodimdan 1 million so`mdan yig`ib olmoqda. Aks holda o`zing paxtaga chiqasan, demoqda”, deb yozilgan holat noto`g`ri, hech qanday asosga ega emas",  deyiladi Sodiqovga tegishli kanalda. 

Uning so`zlariga ko`ra, viloyat G`aznachilik xizmati boshqarmasi va tuman(shahar) g`aznachilik xizmati bo`limlari xodimlari paxta mavsumida paxta terishga jalb etilmagan hamda hech bir xodimga boshqarma tomonidan paxtaga chiqasan yoki pul ber degan ko`rsatma, topshiriq bo`lmagan.

"Ushbu yolg`on ma`lumotni tarqatgan shaxs dastlabki o`rganishda aniqlandi va asosli hujjatlar prokuraturaga taqdim etildi",  deydi Ahror Sodiqov.

    Boshqa yangiliklar