Avvalroq O`zbekiston prezidenti maslahatchisi Qahramon Quranboev Rossiya hukumatidan mamlakatda migrant bolalar uchun bog`cha va maktablar ochishga yordam berishni so`ragan. Rossiya dumasi deputati Mixail Delyagin esa bu tashabbus noqonuniy ekanligini aytdi.
“O`zbekiston prezidentining maslahatchisi Rossiya Konstitusiyasi haqida hech narsa eshitmagan bo`lsa kerak, bu qonunda odamlarni millatiga ko`ra kamsitish taqiqlangan. Faqat migrant bolalar uchun maktablar ochish Rossiya Federasiyasi fuqarolariga nisbatan kamsitish ekanligi aniq. Bu tashabbus ham tojik diasporasi faqat tojiklarga xizmat ko`rsatadigan tibbiyot markazlari ochilishi haqida gapirganda nimani nazarda tutgan bo`lsa, xuddi shunday.
Bu Rossiyani yo`q qilishga, qaratilgan ataylab olib borilgan siyosatdir. Menimcha, O`zbekiston, albatta, bolalar bog`chalari va maktablarni qurishi kerak, lekin faqat o`z hududida. Va u aslida Rossiyaga siqib chiqargan fuqarolarni qaytarib oling. Chunki, aytaylik, Tojikistonda, aholining uchdan biridan ko`prog`i Rossiyada yashaydi. Bu holat Tojikiston uchun ham, Rossiya uchun ham mutlaqo normal emas”, - dedi rus deputati.
Ayni paytda O`zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirov rossiyalik hamkasbining ushbu fikriga javob qaytardi.
"Rossiya maktablarida o`zbek tilini o`rgatish rus millatini kamsitish hisoblanadiyu, O`zbekiston maktablarida rus tilida ta`lim berilayotgani o`zbeklarni kamsitish hisoblanmaydimi? Rossiyada o`zbeklar va o`zbek tiliga munosabat Delyagincha bo`lsa, O`zbekistonda rus tiliga munosabat mutanosib bo`lishi kerak", - deya e`tiroz bildirdi Qodirov.