AsosiyJinoyat

Qarshidagi universitetga pul evazga kiritib qo`yishni va`da qilganlar qo`lga olindi

'Qarshidagi universitetga pul evazga kiritib qo`yishni va`da qilganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda fuqaro S.O. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni Qarshi shahridagi “Turon” nodavlat universitetiga 3 kursdan o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Chirchiq shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.N. fuqaro S.Sh.ni 3 900 AQSh dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, muqaddam 3 500 AQSh dollarini qo`lga kiritib, yana 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar