Portlash sodir bo`lgan Qarag`andadagi Kostenko konida sodir bo`lgan portlash oqibatida qurbon bo`lganlar soni 45 kishiga etdi. Bu haqda Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. Hozir ham qidiruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib o`tamiz, 28 oktyabr kuni ertalab konda metan portlashi sodir bo`ldi. Portlash vaqtida konda jami 252 kishi bo`lgan, ulardan 200 dan ortig`i qochishga muvaffaq bo`lgan,18 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev konga egalik qiluvchi ArselorMittal Temirtau bilan investisiyaviy hamkorlikni to`xtatishni buyurdi. Shuningdek, u kompaniya rahbariyatini o`zgartirib, unga rahbarlik qilish uchun Qarag`anda viloyati hokimining sobiq o`rinbosari Vadim Basinni tayinladi. 29 oktyabr Qozog`istonda motam kuni bo`ldi.
O`zbekiston Prezidenti hodisa munosabati bilan Qosim-Jomart Toqaevga hamdardlik yo`llab, fojia oqibatlarini bartaraf etishda O`zbekiston zarur ko`makni ko`rsatishga tayyorligini bildirdi.






