1

Xorijdagi qo`shmachi ayolning o`zimizdagi hamtovoqlari faoliyatiga chek qo`yildi

Jinoyat 31.10.2016, 10:25
Teglar: Jazo, Jinoyat, fohisha
Xorijdagi qo`shmachi ayolning o`zimizdagi hamtovoqlari faoliyatiga chek qo`yildi

Hudud va chegara bilmaydigan jinoyatlardan biri bu odam savdosi. Mazkur jinoyat inson huquqlarini poymol etib, uning sha`ni, qadr-qimmatini toptashi haqida bugun bilmaydigan odam bo`lmasa kerak. Mamlakatimizda esa fuqarolarimizning odam savdosi qurboni bo`lmasligi uchun tushuntirishlar, keng targ`ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. OAV orqali bir qator chiqishlar bilan bu jinoyatning oqibatlari ochib berilmqoda. Albatta, bu kabi yondashuvlar sabab ko`pchilik fuqarolarimiz odam savdosi kabi jirkanch jinoyat oqibatida zavol topishdan himoyalanmoqda. Biroq buning aksi o`laroq, ushbu jinoyatning oqibatlaridan boxabar holda o`zini chohga otayotganlarni ham uchratish mumkin. Yo`g`-e, deysizmi? Ushbu sahifadagi jinoyat tafsiloti “qahramoni”ning harakatlarini o`qib, o`zingiz ham bunga guvoh bo`lasiz.

AJRAShGAN AYoLGA “G`AMXO`RLIK”
Oydina Ro`zieva (ism-familiyalar o`zgartirilgan) turmush o`rtog`i bilan shaxsiy kelishmovchilik sabab ajrashadi. Co`ngra esa ishlab kelish maqsadida Rossiyaga jo`naydi. U erda u kafeda idish yuvuvchi sifatida ishlay boshlaydi, kafeda ishlab yurgan vaqtlarida, Natasha ismli ayol bilan tanishib qoladi. — Arzimas pulga bunday qiyin ishni qilib yurasanmi, xohlasang senga yaxshi ish bor, — deydi Natasha unga.

— Qanday ish ekan? — qiziqib so`raydi Oydin.

— Unchalik qiyin emas, men topgan mijozlar bilan yaxshi munosabatda bo`lsang bo`ldi. Narxini yaxshi to`laydi. Shu bahonada mo`maygina pul topasan, — javob qildi Natasha.

Oydina o`sha vaqtlarda moddiy jihatdan qiynalib yurganligi sababli bu taklifga rozilik bildiradi.

1 OYLIK “XIZMAT” VA ShERIK
Oydina qo`shmachi ayol qo`l ostida taxminan 1 oy davomida fohishalik bilan shug`ullanib yuradi. U asosan Natasha topgan mijozlar bilan saunada “suhbat qurib” yuradi, mijozlar unga bu “xizmati” uchun soatiga taxminan 2500 yoki 3000 rubldan haq to`lashadi. Lekin pullarni barchasini Natashaning qo`liga tutqazardi. Kelishuvga ko`ra unga shu pullardan 800 rubligina tegardi. U Natasha bilan 1 oy ishlaganidan keyin, O`zbekistonga qaytib keladi. Uyda yurgan vaqtida qo`shnisi Nazira uni yo`qlab chiqadi.

— Hozir moddiy tomondan qiynalib turibman. Ish yo`qmi? Rossiyada o`zi nima ish qildingiz? — deb so`raydi qo`shnisi Oydinadan. U qo`shnisiga Rossiyada shug`ullangan ishini so`zlab beradi.

— Meni ham o`sha joyga olib keting, bunday ishni qila olaman. Puli yaxshi bo`lsa... — deya iltimos qildi Nazira. Oydina esa Rossiyadagi qo`shmachi ayoldan so`rab ko`rishini, rozi bo`lsa olib ketishini aytadi.

2012 yil 27 sentyabr kuni ikki qo`shni birgalikda poezdda Rossiya davlatining Samara shahriga jo`nab ketishadi. U erda ularni Natashaning o`zi kutib olib, kvartirasiga joylashtiradi. Ular har kuni Natasha topgan mijozlar bilan saunada uchrashib yuradilar. Ular qilgan “xizmat” uchun haqni Natashaning o`zi olardi, ularga haq sifatida pullarning bir qismini, ya`ni 800 rublnigina berardi. Ko`p o`tmay sog`lig`i to`g`ri kelmagan Nazira do`konga savdo ishlariga o`tib ketadi. Oydina esa ma`lum vaqt Rossiyada ishlab, yana O`zbekistonga qaytadi.

TUZOQQA ILINTIRISh XIZMATI
Oydina O`zbekistonga qaytgach, pul topishning yangi usulidan foydalandi. Uyda yurgan vaqtida qo`shnisi Nazira Oydinaning qo`l telefoniga qo`ng`iroq qiladi. O`zaro suhbat davomida Oydina Naziraga ikkita qiz borligi, ular moddiy tomondan qiynalib qolishgani, ko`p mikdorda qarzi borligi sababli ishlab pul topish uchun chet davlatga ketish niyatida yurishganini aytib qoladi.

— Natashaga qo`ng`iroq qilib, ularni ishga joylashtirib qo`yishni iltimos qilib ko`ring. Ishimiz o`xshab qolsa, ikkalamiz ham moddiy manfaat ko`rishimiz mumkin, — deydi Oydina Naziraga. Nazira esa Oydinaning taklifiga rozilik bildiradi. Shundan so`ng Nazira Natasha bilan gaplashib, Oydinaning taklifini aytadi. Natasha rozi bo`lgach, bu haqda Oydinaga xabar beradi. Oydina esa qizlar bilan uchrashadi. Ularga qanday ishga ketayotgani, aeroportdan o`tayotganda savol berilganda qanday javob qaytarish kerakligini tushuntiradi va qizlarning rasmlarini olib Rossiyadagi tanishiga yuboradi. Biroz vaqt o`tib Oydina qizlarga tanishiga ma`qul kelganini, ularga o`z hisobidan aviachipta sotib olganini, tez kunda yo`lga chiqishlari kerakligini, u erda ularni Natashaning o`zi kutib olishini aytadi. Oydina qo`shnisi Nazira bilan birgalikda qizlarni Toshkentga olib kelib o`zlari jo`natib yuborishga kelishib olishadi. 2015 yil 10 avgust kuni yo`lga otlanishadi. Lekin ular ko`zlagan manzillariga etib borisholmaydi. Qonun himoyachilari ularning jinoyatiga chek qo`yishadi.

Zuhriddin RAHMONOV

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda

16.08.2021, 12:20

Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.Unga ko`ra, Rossiyadagi har beshta kompaniyaning biri koronavirusga qarshi vaksina olishdan bosh...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1