AsosiyJamiyat

"GM O`zbekiston" tizimga doir murojaatlarni ko`rib chiquvchi maxsus ishchi guruh tashkil etdi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktyabrdagi 366-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish, Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotish va ularga xizmat ko`rsatish masalalariga bog`liq bo`lgan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida "O`zavtosanoat" AK tizimi korxonalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlar tuzildi. Bu haqda «GM O`zbekiston» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda

"GM O`zbekiston" AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar savdosi va ularga xizmat ko`rsatish masalalari bo`yicha jamiyat bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Baxtiyarovich Rajabov boshchiligidagi ishchi guruhga fuqarolarni qabul qilish va ular tomonidan ko`tarilayotgan masalalarni ob`ektiv ko`rib chiqish va asosli ravishda ijobiy hal qilish vazifasi yuklatilgan.

Fuqarolarni qabul qilish har kuni soat 8:00 dan 11:00 gacha "GM O`zbekiston" AJ binosining 107-xonasida amalga oshirilmokda.

Fuqarolar murojaatlari, ular qaysi vositalar orqali etkazilganligidan qat`iy nazar, O`zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining Virtual qabulxonasi apparatiga hisobot tariqasida muntazam ravishda etkaziladi va har bir murojaat yuzasidan amalga oshirilgan choralar haqida ma`lumot beriladi.

“Sizning murojaatingiz tezkor ravishda ko`rib chiqilishini ta`minlash maqsadida, sizdan o`z murojaatingizni "GM O`zbekiston" AJ ishchi guruhiga, yoki sizga yaqin bo`lgan dilerlik tashkilotiga, hamda «Mijozlarni qo`llab quvvatlash markazi» (Call Center) raqamlariga qo`ng`iroq qilish orqali yuborishingiz mumkinligini ham ma`lum qilamiz”,—deyiladi “GM O`zbekiston ” ma`lumotnomasida.

“GM O`zbekiston” bilan bog`lanish yo`llari:

I. "GM O`zbekiston" AJ fukarolar murojatlarini ko`rib chiquvchi maxsus ishchi guruhi:

1 Rajabov Rustam Baxtiyarovich, “GM O`zbekiston” AJ bosh direktori v.b., ishchi guruh rahbari 
tel.: +998 71 140 55 40 3 1220#
email: gmuzbekistan@uzgm.uz

2 Sultonov Muxiddin Mamatyusufovich, “GM O`zbekiston” AJ boshqaruvchi direktori, ishchi guruh a`zosi 
tel.: +998 71 140 55 40 3 1661#
email: mukhiddin.sultonov@uzgm.uz

3 Latipov Nurillo “GM O`zbekiston” AJ, “Ichki Savdo” bo`limi bosh menedjeri, ishchi guruh a`zosi 
tel.: +998 71 140 55 40 3 1671#
email: nurulla.latipov@uzgm.uz

4 Mixridinov Yuldash, “GM O`zbekiston” AJ, “Monitoring” bo`limi bosh menedjeri, ishchi guruh a`zosi 
tel.: +998 71 140 55 40 3 1610#
email: yuldosh.mikhridinov@uzgm.uz

5 Egamberdiev Oybek “GM O`zbekiston” AJ, “Ichki savdo” bo`limi menedjeri, ishchi guruh a`zosi 
tel.: +998 71 140 55 40 3 1601#
email: oybek.egamberdiev@uzgm.uz

6 Abdusattarov Saidaxmad “GM O`zbekiston” AJ, “Sotuvdan keyingi xizmat ko`rsatish” direksiyasi bosh menedjeri, ishchi guruh a`zosi 
tel.: +998 71 140 55 40 3 1606#
email: saidakhmad.abdusattarov@uzgm.uz

7 Atabaev Muzaffar “GM O`zbekiston” AJ, “Xujjatlar bilan ishlash” bo`limi bosh menedjeri, ishchi guruh a`zosi 
tel.: +998 71 140 55 40 3 1705#
email: muzaffar.atabaev@gmuz.uz

II. Tashrif uchun:
«GM O`zbekiston» AJ
Toshkent sh., Nukus k, 8-uy, 107-xona
Tel.: +998 71 140 55 40
email: gmuzbekistan@uzgm.uz

3. «Mijozlarni qo`llab quvvatlash markazi» (Call-Center)
Tel.: +998 71 141 77 77

Boshqa yangiliklar