AsosiyJamiyat

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo`rlagan mansabdorlarga sud hukmi o`qildi

'Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo`rlagan mansabdorlarga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 aprel kuni Xorazmda Adliya va FVB boshliqlari mexribonlik uyining 15-16-17 yoshli qizlarini 10 oy davomida zo`rlab kelgani haqida xabar bergan edik. 

Shundan so`ng, Oliy sud matbuot xizmati ayblanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi Toshkent shahar sudida ko`rib chiqilishini aytgandi.

Bugun, 3 noyabr kuni  JIB Toshkent shahar sudi appelyasiya hay`atida mazkur jinoyat ishi bo`yicha sud hukmi o`qildi. Bu haqda Inson huquqlar "Ezgulik" jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoq sahifasida e`lon qildi. 

Xabarga ko`ra, xorazmlik pedofillar sud zalidan qamoqqa olingan.

Xususan, Xorazm viloyati Adliya bosjqarmasi sobiq rahbari Oybek Masharipov 3  yilga va Yangiariq tumani FVV sobiq boshlig`i Anvar Kuryazov 2 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar