1

Yakkabog`da iste`molga yaroqsiz 1 551 litr yog` mahsulotlarini sotilishining oldi olindi

Jinoyat 06.11.2023, 15:58
Yakkabog`da iste`molga yaroqsiz 1 551 litr yog` mahsulotlarini sotilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabog` tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda “Yo.” MFYda yashovchi N.N. o`z uyining yordamchi xo`jaligida iste`molchilarning hayoti va sog`lig`i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog` mahsuloti ishlab chiqarish bilan shug`ullanib kelganligi aniqlanib, qo`lbola usulda elim idishlarga qadoqlangan jami 1 551 litr yog` va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1