O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar soni soat sayin ortib bormoqda.
25 oktyabr kuni Virtual qabulxona faoliyatining 1 oylik yakunlariga bag`ishlangan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoev raisligidagi majlis o`tkazildi. Majlisda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining murojaatlarni ko`rib chiqilayotganda sansalorliklarga yo`l qo`ygan qator mansabdor shaxslarga nisbatan choralar to`g`risidagi axboroti tinglandi. Majlisda berilgan boshqa yana qator topshiriqlar bo`yicha bayonnomani o`rniga tegishli Vazirlir Mahkamasi Qarori qabul qilinadigan bo`ldi.
Fuqarolar murojaatlarini ko`rib chiqishda loqaydlikka, sansalorlikka yo`l qo`yayotgan rahbar xodimlarga ko`rilayotgan choralarga qaramay, bunday holat hali hamon uchrab turibdi. Fuqaro murojaatii ko`rib chiqishda kamchilikka yo`l qo`ygani uchun yana bir rahbar o`z vazifasidan ozod etildi.
Ana shunday murojaatlardan biri Toshkent shahar Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro E.Karavaykinadan issiqlik quvvati bilan ta`minlash masalasida kelib tushgan.
Mazkur murojaatni ko`rib chiqishda yo`l qo`ygan kamchiliklari uchun Mirobod tumani hokimi Kadirovga hayfsan e`lon qilindi va “Toshissiqlikquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi Mirobod tumani filiali rahbari Muxammedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktori Dilshod Sultonovga ham murojaatni ko`rib chiqishda faqat rasmiyatchilik nuqtai nazaridan qaragani uchun xayfsan e`lon qilinganligi haqida xabar bergandik.





