Poytaxtdagi Bobur ko`chasi va "Toshkent" xalqaro aeroportini bog`lovchi yo`l o`tkazgichning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakuni bo`yicha sinov o`tkazildi.
Sinovga ko`ra 4 ta avtotreylerga (har biri 35 tonna) 4 ta harbiy tank (har biri 40 tonna) yuklanib yo`l o`tkazgichga umumiy 300 tonna yuklama berilgan.
Sinov natijalariga ko`ra yo`l o`tkazgich ekspluatasiya davridagi yuklamaga nisbatan ko`proq yuklamaga muvaffaqiyatli bardosh berdi va mustahkam ekanligini isbotladi, deyiladi Transport vazirligi xabarida.
Eslatib o`tamiz, avgust oyida ushbu yo`l o`tkazgichning birvarakayiga beshta to`sini qulab tushgan edi.






