Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan manzarali bog`dorchilik va o`rmon ilmiy-tajriba xo`jaligi (xalq tilidagi “Dendropark”) hududidagi noqonuniy binolarni buzish boshlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ular sud qarori asosida buzilmoqda.
Eslatib o`tamiz, ushbu hududda daraxtlarni nobud qilish, er ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog`liq ko`plab holatlar aniqlanib, Jinoyat kodeksining 198 (ekinzorlarni, o`rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o`simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgandi.






