AsosiyJamiyat

Markaziy Osiyoda g`ayritabiiy noyabr iliqligi kuzatilmoqda

'Markaziy Osiyoda g`ayritabiiy noyabr iliqligi kuzatilmoqda'ning rasmi

NOyabr oyi Markaziy Osiyo uchun g`ayritabiiy iliq keldi. Bu haqda "O`zgidromet" etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma`lum qilmoqda. 

Jumladan, kecha, 17 noyabr kuni Turkmaniston va O`zbekistonda +31°S issiq harorat ro`yxatga olingan.

Kecha Qozog`istonning dengiz sathidan 600 m balandligida ham +27,3°S, Tojikistonning 1015 metr balandligida esa +26.5°S harorat qayd etilgan.  

Tungi minimum haroratlar yanada hayratlanarli. Turkmanistonning Saragt punktida noyabrda tungi minimum qariyib +22°S kuzatilgan.  

Hozir ham O`zbekistonning ko`plab shaharlarida shu kun uchun xos tungi minimum harorat rekordlari yangilanmoqda. Ya`ni tonggi soat 5:00da respublikaning markaziy shaharlari va poytaxtda tungi minimum haroratlar +20°S va undan yuqori kuzatilmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Samarqand va Toshkentda tarixdagi eng issiq 16 noyabr kuzatilgani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar