AsosiyJamiyat

Toshkent metrosidagi ayrim bekatlarning ish vaqti vaqtincha o`zgardi

'Toshkent metrosidagi ayrim bekatlarning ish vaqti vaqtincha o`zgardi'ning rasmi

Toshkent erusti metrosining ayrim bekatlarida ish tartibi o`zgaradi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Toshkent metropoliteni “Er usti halqa yo`li” yo`nalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo`lgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida, yo`nalishdagi boshqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o`zaro bog`lash ishlarini tashkillashtirish rejalashtirilgan.

Shu boisdan, rejadagi ishlarni amalga oshirish uchun joriy yilning 25 noyabr sanasidan "Er usti halqa yo`li" yo`nalishining Texnopark (Do`stlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari ish rejimi soat 6:00 dan 22:00 ga qadar tashkil etiladi. Shuningdek, Tuzel (3-bekatidan) Quruvchilar (12-bekat) bekatigacha bo`lgan bekatlar oralig`ida ish rejimi o`zgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etiladi. (Ma`lumot o`rnida 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha Tuzel-Quruvchilar bekatlari oralig`ida bir tomonlama (chelnok) poezdlar harakati tashkil etiladi.)

"Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo`lovchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar