Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Kogon shahrida bog`chada 2 yoshlik bola kaltaklangani aks etgan video tarqaldi.
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi shafvqatsiz tarbiyachini ishdan bo`shatganligini haqida xabar berdi.
Bolalar ombudsmanini holat bo`yicha qo`shimcha qilishicha, joriy yilning 20 noyabr kuni voyaga etmagan 2021 yilda tug`ilgan O`.Q. onasi tomonidan bog`chaga birinchi marta olib kelgan. Shu sababli, O`.Q. injiqlik qilib yig`lagani vaji bilan muassasa tarbiyachisi N.A. bolani urgan.
Ushbu voqea yuzasidan Kogon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Voyaga etmagan O`.Q. ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda N.A.ning harakatlariga huquqiy baho berish masalasi o`rganilmoqda.






