AsosiyJamiyat

Namanganda ham qidiruvda bo`lgan 35 nafar shaxslar ushlandi

'Namanganda ham qidiruvda bo`lgan 35 nafar shaxslar ushlandi'ning rasmi

Namangan viloyati hududida ham "dolzarb 40 kunlik" doirasida jinoyatchilikka chek qo`yish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligi va hudud osoyishtaligini ta`minlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish ishlar olib borilmoqda. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 20 ta holatda ko`p miqdordagi giyohvandlik moddalari, 7 ta holatda 4.615 dona psixotrop dori vositalarini saqlash va o`tkazish holatlari, 13 dona noqonuniy qurol hamda 190 dona o`q-dorilarni saqlash holatlari, 61.000 donadan oshiq turli xil pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilishi holatlariga chek qo`yilgan.

Shuningdek, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan 35 nafar shaxslar ushlanib, qonun ustuvorligi ta`minlangan.

Kecha “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan kriminal, bugun Farg`onada unga yaqin jinoiy aloqasi bo`lgan Doston Xalilov qo`lgan olindi. Shuningdek, turli manbalar  "Salimboyvachcha" ushlab ketilgani ham  aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar