1

"Salimboy"ga qanday ayblov qo`yilgani ma`lum qilindi

Jinoyat 06.12.2023, 07:33
"Salimboy"ga qanday ayblov qo`yilgani ma`lum qilindi

Toshkent shahrida profilaktik tadbir davomida “Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliev qo`lga olindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxt hududida jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta`minlash maqsadida IIV, Toshkent shahar IIBB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo`yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlar jarayonida Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida o`tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlandi. Shular jumlasidan,

1950 yilda tug`ilgan Abduvaliev Salim Kirgizbaevich (248-modda 1-qismi, o`qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) gumon qilinuvchi tarzida jalb etilib, prosessual tartibda ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1