AsosiyJamiyat

“Baxti Tashkentskiy”  laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaev15 sutkaga qamaldi

'“Baxti Tashkentskiy”  laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaev15 sutkaga qamaldi'ning rasmi

"Zarbdor 40 kunlik" doirasida qo`lga olingan, “Baxti Tashkentskiy”  laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Zafarovich Qudratullaev (“Baxti Tashkentskiy”) sud hukmi bilan 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Darakchi.uz manbasi xabar berdi.

Baxtiyor Qudratullaev joriy yilning 28 noyabr kuni soat 21:45 larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Ko`xinur ko`chasi, 37-uyning yo`lagida va hovlisida bo`la turib, jamoat joyida IIO xodimlariga nisbatan baqir-chaqir qilib, fuqarolarning tinchligini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan. Shuningdek, u IIO xodimlarining IIB binosiga borib shaxsiga aniqlik kiritish haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan.

Huquqbuzar Qudratullaev sud majlisida, huquqbuzarligini tan olmay, uyida bo`lganida uni xonadonidan olib ketishganini bildirib, suddan ishni odilona ko`rib chiqishni so`ragan.

Sud hukmiga ko`ra, Baxtiyor Qudratullaev Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topildi va unga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar