AsosiyJamiyat

"Salimboy"ga uyiga ruxsat berib yuborildimi? IIBB aniqlik kiritdi

'"Salimboy"ga uyiga ruxsat berib yuborildimi? IIBB aniqlik kiritdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, poytaxt hududida jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta`minlash maqsadida IIV, Toshkent shahar IIBB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash bo`yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda.

Bugun, 6 dekabr Toshkent shahrida profilaktik tadbir davomida “Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliev qo`lga olingani haqida bergan edik. 

Ko`p o`tmay, "Salimboy"ga uyiga javob berilgani to`g`risida mish-mishlar tarqaldi. 

darakchi.uz ma`lumotga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati boshlig`i Nilufar Isaxanova bilan bog`landi.  

IIBB rasmiysi, yuqoridagi gaplar haqiqatga to`g`ri kelmasligini Salim Abduvaliev 248-modda 1-qismi,(o`qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) gumon qilinuvchi tarzida jalb etilib, prosessual tartibda ushlanganini ma`lum qildi. 

    Boshqa yangiliklar