AsosiyJamiyat

2 nafar fuqaroni Olmaliqdagi Tog`-kon metallurgiya kombinatiga ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'2 nafar fuqaroni Olmaliqdagi Tog`-kon metallurgiya kombinatiga ishga joylashtirib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. 2 nafar fuqaroning ishonchga kirib, ularni go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Olmaliq shahridagi Tog`-kon metallurgiya kombinatiga ishga joylashtirib qo`yishi evaziga 1 200 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar