Bloger Fozilxo`ja Orifxo`jaev muddatidan oldin qamoqdan bo`shatilgani aytilmoqda. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanov 6 dekabr kuni o`zining Feysbuk sahifasida ma`lum qildi.
Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudi hukmi bilan 2022 yilning 26 yanvarida 7,5 yilga qamalgan edi.
“Do`stimiz Fozilxo`ja Orifxo`jaev shartli ravishda muddatidan avval qamoqdan ozod qilindi. Hozir Navoiy-Toshkent yo`lida uyiga qaytmoqda”,- deb yozmoqda A.Tashanov.






