AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh a`zolari qo`lga olindi

'Toshkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh a`zolari qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent viloyatida ham Respublikamizning boshqa viloyatlari singari “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a`zo bo`lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta`sir o`tkazishga uringan bir necha shaxslar qo`lga olinmoqda. Bu haqda viloyat IIBB Axborot xizmati xabar qildi. 

Xususan, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan o`tkazilgan reyd tadbirlari davomida, Toshkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh a`zolari qo`lga olinib, ularning 11 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi, 23 nafari ma`muriy tartibda qamoqqa olindi.

Tadbir davomida, ushbu va boshqa shaxslardan noqonuniy ravishda saqlab kelingan 13 dona pnevmatik va ov qurollari, o`q-dori va elektroshoker, turli hajm va ko`rinishdagi pichoq, kastet va bitalar;

Giyohvandlikka qarshi kurash yo`nalishida, 50 dan ortiq holatlar fosh etilib, 11 kg  giyohvandlik moddalari va 8 ming 703 dona psixotrop va kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.

Tezkor qidiruv tadbirlarida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 64 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlanib qonun ustuvorligi ta`minlandi. 2 nafar bedarak yo`qolgan fuqaro topilib oilasiga qaytarildi.

Hozirda maxsus-reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar