Joriy yilning 1dekabr kuni Soliq qo`mitasi Ma`lumotlar bazasida yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanadigan soliq imtiyozlari tashqi manba ma`lumotlari asosida avtomatlashtirildi.
Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, avtomatlashtirish jarayonida texnik xatolik yuzaga kelib oilaviy xususiy bog`cha faoliyati bilan shug`ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan ijtimoiy soliq bo`yicha imtiyoz (oyiga 330 ming so`m) qo`llanilmasdan qolgan.
Ayni paytda mazkur texnik xatolik bartaraf etilgan. Tadbirkorlardan echib olingan ijtimoiy soliq summalari ularning hisobraqamiga qaytarilmoqda.
Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko`riladi. Natijasi bo`yicha qo`shimcha axborot berilishi ma`lum qilinadi.






