Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`onada “Tez yordam" mashinalari metanda navbatda qolib ketayotgani aks etgan suratlar tarqalmoqda. Holat bo`yicha viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati izoh berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 2023 yil 6 dekabr kuni Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg`ona filiali Toshloq tuman tez tibbiy yordam stansiyasiga qarashli jami 5 dona Damas rusumdagi tez yordam avtomashinasi soat 9:40 larda Toshloq tumanidagi metan gaz quyish shoxobchasi ishlamay qolganligi sababli Marg`ilon shahridagi “Universal grant” metan quyish shoxobchasiga gaz quyish uchun borgan.
U erda tez tibbiy yordam uchun alohida yo`lak tashkil etilganligiga qaramay, Marg`ilon shahar stansiyasiga qarashli tez tibbiy yordam avtomashinalari bilan bir vaqtda kelib qolganligi natijasida navbat yuzaga kelgan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda mazkur muammoni yuzaga kelib chiqishiga sabab bo`lgan mutasaddi shaxslar ogohlantirilib, chora ko`rilgan. Hozirda barcha avtomashinalar o`z joyida harakatlanmoqda.






