Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda rus tili maktab darsligida kazino reklamasi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova aniqlik kiritdi.
Qayd etilishicha, 2022 yilda chop etilgan 10-sinf rus tili darsligidagi QR-kod havolasi shu paytga qadar to`g`ri bo`lgan va dars topshiriqlariga yo`naltirgan. Bugungi kunda QR-kodga bog`langan sayt buzib kirilganligi mutaxassislar tomonidan tasdiqlandi.
Vazirlik tomonidan 10-sinf Rus tili darsligidagi mashqlarni bajarish uchun QR kod orqali kirilganda paydo bo`layotgan “onlayn kazino” havolasiga kirish imkoniyatini cheklash bo`yicha tegishli soha tashkilotlariga murojaat qilindi.






