AsosiyJamiyat

Samarqandda qariyb 5 mlrd so`mlik iste`molga yaroqsiz alkogol savdosiga chek qo`yildi

'Samarqandda qariyb 5 mlrd so`mlik iste`molga yaroqsiz alkogol savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan mavjud tezkor ma`lumotlarga asosan viloyat IIB JQB va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida iste`molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldini olish borasida o`tkazilgan tezkor qidiruv tadbirida Toshkent viloyati, Parkent tumanida faoliyat yurituvchi “B.G.” MChJ ta`sischisi M.O. va uning sherigi Sh.J. Samarqand shahri, “Madadkor” MFY hududida joylashgan uyning omborxonasida hech qanday hujjatsiz 30 xil turdagi 134 597 dona umumiy bahosi 4 mlrd 945 mln so`mlik alkogol mahsulotini Samarqand shahrida o`tkazish maqsadida saqlab kelganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

O`tkazilgan ekspertiza xulosalariga ko`ra, ushbu alkogol mahsulotlarining aksiz markalari qalbakiligi hamda iste`molga yaroqsiz ekanligi qayd etilgan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar