AsosiyDunyo

Isroil armiyasi G`azo sektoridagi qochqinlar lagerlariga hujum qildi Havo hujumlari va o`qqa tutilishi oqibatida o`nlab falastinliklar halok bo`ldi.

'Isroil armiyasi G`azo sektoridagi qochqinlar lagerlariga hujum qildi  Havo hujumlari va o`qqa tutilishi oqibatida o`nlab falastinliklar halok bo`ldi.'ning rasmi

Isroil havo kuchlari bir kecha-kunduzda blokada ostidagi G`azo sektoridagi shaharlar va qochqinlar lagerlariga havo hujumlari uyushtirdi, ko`plab halok bo`lganlar va yaradorlar borligi haqida xabarlar bor.

Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko`ra, G`azo sektoriga keng ko`lamli hujumlarning 62-kunida Isroil armiyasi markaziy qismdagi "An-Nuseyrat" va "Al-Megazi" qochqinlar lagerlariga, shimoldagi "Djebaliya" qochqinlar lageriga zarba berishda davom etgan.

Isroil qiruvchi samolyotlari "Al-Megazi" lageridagi falastinlik qochqinning uyiga zarba bergan. aksariyati bolalar kamida 17 kishi halok bo`ldi, o`nlab odamlar yaralandi. Portlash to`lqini yaqin atrofdagi uylarga zarar etkazgan.

Al-Nuseyrat lagerida ham turar-joy binosiga havo hujumi uyushtirilib, to`rt falastinlik halok bo`ldi.

G`azo sektorining shimolidagi "Djebaliya" lagerida esa Isroil aviasiyasi xonadonlarga, shuningdek, "Al-Xulefa" masjidi atrofidagi hududga zarba berdi. Isroil harbiylari Abu Husayn maktabi binosiga artilleriyadan o`q uzgan.

 

    Boshqa yangiliklar