Havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli Qashqadaryo viloyatdagi mavjud avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gazni etkazib berish joriy yilning 8 dekabridan har kunlik ertalab soat 06:00dan soat 15:00ga qadar belgilandi. Bu haqda viloyat hokimining matbuot kotibi xabar bermoqda.
"Viloyatimizdagi barcha haydovchilardan o`z avtoulovlariga gaz to`ldirishda har kunlik belgilangan 06:00 – 15:00 vaqt oralig`ida gaz to`ldirish ishlarini texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so`raymiz", - deyladi xabarda.
Andijon va Qoraqalpog`istondagi metan gaz "zapravka"larga ham cheklov kiritilgani haqida xabar bergan edik.






