"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin.
Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq, shimolda 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-5° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Va`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.






