AsosiyJamiyat

Bugun soat 12:00 dan boshlab Toshkent xalqaro aeroportidagi yo`l o`tkazgichga chiqish cheklanadi

'Bugun soat 12:00 dan boshlab Toshkent xalqaro aeroportidagi yo`l o`tkazgichga chiqish cheklanadi'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroportida keng ko`lamli rekonstruksiya ishlari boshlandi. bu haqda "Uzbekistan Airports" kompaniyasi xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan 8 dekabr soat 12:00 dan boshlab Toshkent xalqaro aeroportidagi yo`l o`tkazgichga (estakada) chiqish cheklanadi.

Avtotransport vositalari va turistik avtobuslarning kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida alohida yo`lovchi tushirish yo`lagi tashkil etiladi.

Shuningdek, terminalda rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklanadi.

 

    Boshqa yangiliklar