AsosiyJamiyat

Qalin tuman tufayli kecha tunda yopilgan Samarqand aeroporti yana ish boshladi

'Qalin tuman tufayli kecha tunda yopilgan Samarqand aeroporti yana ish boshladi'ning rasmi

Bugun ertalab qalin tuman Farg`ona, Namangan va Samarqand aeroportlarida reyslarning qo`nishi va uchishini cheklab qo`ydi. Bu haqda "Uzbekistan airports" xabar bermoqda. 

Irkutsk – Farg`ona yo`nalishi bo`yicha "SBI-6323" reysini amalga oshirayotgan "S7 Airlines" samolyoti belgilangan aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko`rish masofasi 50 m) tufayli kecha tunda mahalliy vaqt bilan soat 23:27 da Namangan aeroportidagi muqobil aerodromga qo`ngan. Ichidagi 177 nafar yo`lovchi Farg`onaga er usti transporti orqali etkaziladi.

Soat 00:10 dan boshlab Namangan aeroportini tuman qoplab, ko`rish masofasi pasayigani sababli samolyotlarni qabul qilishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.

Shuningdek, kechqurungi qalin tuman tufayli faoliyati cheklangan Samarqand xalqaro aeroporti ertalabdan ish boshladi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar