AsosiyDunyo

Bayden Netanyaxuni tinch aholini himoya qilishga chaqiradi

'Bayden Netanyaxuni tinch aholini himoya qilishga chaqiradi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni G`azo sektoridagi tinch aholi xavfsizligini ta`minlashga chaqirdi. Bu haqda Oq uyning AQSh va Isroil rahbarlarining telefon suhbati yakunlari bo`yicha bayonotida aytiladi.

AQSh prezidentining so`zlariga ko`ra, "G`azo sektoridagi mojaro zonalarida qolgan tinch aholini HAMAS a`zolaridan ajratish va tinch aholini himoya qilish" zarur.

Bayonotga ko`ra, Bayden Isroilni garovga olinganlarni ozod qilish masalasida so`zsiz qo`llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Oq uy rahbari, shuningdek, G`azo sektoriga ko`proq gumanitar yordam etkazish zarurligini ta`kidladi. Bayden Isroilning Falastin anklaviga ko`proq yoqilg`i etkazib berish qarorini olqishladi.

AQSh prezidenti G`arbiy Sohilda falastinliklarga nisbatan zo`ravonlik kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi.

    Boshqa yangiliklar