So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida respublikadagi metan zapravkalarida ish vaqti soat tonggi 6:00 dan soat 15:00 ga qadar cheklanganligi to`g`risida xabarlar tarqalmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda “Hududgazta`minot” AJning ma`lum qilishicha, mamlakatimizda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab birmuncha oshdi. Bu esa, o`z navbatida, aholi iste`molining ko`payishiga, pirovardida, gaz bosimining sezilarli pasayishiga olib keldi.
Qolaversa, 7 – 16-dekabr kunlari oralig`ida kutilayotgan (8 dekabrda 0 daraja, 12-dekabrda -16 daraja) sovuq ob-havo sharoitida ham gaz bosimining pasayishi kutilyapti. Shundan kelib chiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta`minlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari ko`rilmoqda. Rejaga muvofiq, metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlaydi.
Mazkur vaqtinchalik cheklov aholi iste`molchilari hamda ijtimoiy obektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta`minlash maqsadida ayni paytgacha respublikamizning barcha hududida kiritildi.
“Iste`molchilardan etkazilgan noqulayliklar uchun uzr so`ragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini so`raymiz.
AGTKShlar faoliyatida o`zgarishlar kuzatilsa, qo`shimcha ma`lumotlar beriladi”, - deyiladi xabarda.