AsosiyJamiyat

Xorijda ishlayotgan o`zbekistonliklarning 1 mln 200 ming AQSh dollar puli undirib berildi

'Xorijda ishlayotgan o`zbekistonliklarning 1 mln 200 ming AQSh dollar puli undirib berildi'ning rasmi

Xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning 1 mln 200 ming AQSh dollari miqdoridagi pullari undirib berilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo`ja Norov AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, joriy yilning 10 oyi davomida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 85 ming 634 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlar asosida xorijda ishlash istagida bo`lgan yurtdoshlarimizning 35 ming 381 nafariga tashkiliy va manzilli tarzda ishga joylashishga ko`maklashilgan, xorijda ishlayotgan 8 667 nafariga huquqiy, 7 141 nafariga ijtimoiy va 2 474 nafariga jami 71 400 AQSh dollari miqdorida moddiy yordam ko`rsatilgan.

Yurtdoshlarimizning 1710 nafarini ish beruvchi tomonidan to`lanmayotgan ish haqi, 98 nafarini esa kompensasiya to`lovlari shaklidagi jami 1 mln 200 ming AQSh dollari miqdoridagi pullari undirib berilgan.

    Boshqa yangiliklar