Energetika vazirligi huzuridagi "O`zenergoinspeksiya" kuni kecha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida navbatdagi tungi reyd tadbirini o`tkazdi.
Tadbir davomida “E.“ MChJga tegishli ishlab chiqarish sexida 33 dona mayning qurilmasi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan to`g`ridan-to`g`ri ulangan holda, noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko`ra, ushbu MChJ tomonidan tizimga 2,4 mlrd so`mlikdan ziyod zarar etkazilgan.
09.12.2023 16:50
⚡️Andijondagi tungi reydda 2,4 mlrd so`mlikdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to`xtatildi






