7 dekabr kuni Bekobod tumani hududida joylashgan «Oybek» YPX maskanida tungi xizmatga jalb qilingan YPX xodimlari tomonidan to`xtatilgan «Kobalt» haydovchisi inspektorning ishorasiga bo`ysunmay, yo`nalishida davom etgan. Xodimlar tomonidan ko`rilgan choralar natijasida to`xtatilgan haydovchi F.Q. boshqaruvidagi mashina yukxonasida fuqaro 1988 yilda tug`ilgan Z.B. (ayol)ga tegishli bo`lgan 1 104 quti turli hajm va ko`rinishdagi pirotexnika vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olingan.
Hozirda holat yuzasidan IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






