AsosiyDunyo
2445

JSST odamlarni “qotil” siroplardan ogohlantirdi

'JSST odamlarni “qotil” siroplardan ogohlantirdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) Janubiy va Shimoliy Amerika, Sharqiy O`rta Er dengizi, Janubi-Sharqiy Osiyo va G`arbiy Tinch okeani mamlakatlarida tarkibida bolalarning o`limiga sabab bo`ladigan zaharli modda mavjud allergiya va yo`tal siroplari aniqlanganini ma`lum qildi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Noyabr oyida Maldiv orollari oziq-ovqat va farmasevtika idorasi tomonidan Pharmix Laboratories korxonasida o`tkazilgan tekshiruvda Alergo yo`tal siropi tarkibida zaharli moddalar borligi  aniqlangan. Keyingi testlar farmasevtika kompaniyasining bir qator boshqa dori vositalarida ham etilen glikol zaharli moddasi borligini aniqlangan. 

JSSTga ko`ra, Pokistonning "Pharmix Laboratories" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan sifatsiz siroplar tarkibida avtomobil dvigatellari uchun sovitish suvi (antifriz) ishlab chiqarishda qo`llanadigan etilen glikol birikmasi yuqori darajada mavjud. Aslida preparatdagi etilen glikol bilan ifloslanish darajasi 0,62 foizdan 0,82 foizgacha, ruxsat berilgan taqdirda ham 0,10 foizdan kam bo`lishi kerak.

Shunga qaramay, ushbu zaharli modda "Alergo", "Mucorid", "Zinsell" siroplari va "Emidon" va "Ulkofin" suspenziyalarining 23 partiyasida topilgan.

JSST "ushbu sifatsiz dori-darmonlar bolalarga juda yomon ta`sirqilishi, hattoki o`limga olib kelishi ehtimolidan" ogohlantirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar