"Er usti halqa yo`li” yo`nalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo`lgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlari ishga tushiriladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUKning xabar bermoqda.
Natijada joriy yilning 16 dekabr sanasidan "Er usti halqa yo`li" yo`nalishining Texnopark (Do`stlik-2) va Yashnobod (2-bekat) bekatlari bilan birgalikda Tuzel (3-bekat) bekatida ham ish rejimi o`zgaradi.
Unga ko`ra, soat 06:00 dan 22:00ga qadar tashkil etiladi.
Shuningdek, Olmos (4-bekat) bekatidan Quruvchilar (12-bekat) bekatigacha bo`lgan bekatlar oralig`ida ish rejimi o`zgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etiladi.
Ta`kidlanishicha, 05:00 dan 06:00gacha va 22:00dan 23:00gacha Olmos-Quruvchilar bekatlari oralig`ida bir tomonlama (chelnok) poezdlar harakati tashkil etiladi.