AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning 5 ta viloyatida qor yog`adi

'Bugun O`zbekistonning 5 ta viloyatida qor yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qor yog`adi. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Harorat 6-11° sovuq, shimolda 10-15° sovuq bo`ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° sovuq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar