AsosiyJamiyat

“Bugun ayni shu erda biz bir paytlar taqiq va ta`qib qilingan fikrlar, shaxslar yana yorug`likka chiqqanini, qadr topayotganini ko`rib turibmiz“

'“Bugun ayni shu erda biz bir paytlar taqiq va ta`qib qilingan fikrlar, shaxslar yana yorug`likka chiqqanini, qadr topayotganini ko`rib turibmiz“'ning rasmi

Kecha xabar berganimizdek,  Toshkentda jadidchilik harakati va g`oyalariga bag`ishlangan konferensiya bo`lib o`tmoqda. 

Tadbir doirasida yurtimizga kelgan Turkiston va Ozarbayjonni o`rganish markazi  (Niderlandiya) rahbari Mehmet Tutunchu konferensiyaning ahamiyati haqida gapirdi.  

”Turkiy xalqlarning ilk o`rta asrlardan to bugungi kunimizgacha bo`lgan tarixiy yo`lini xaritaga joylashtirdik. U erda jadidlar faoliyati ham yaqqol aks etgan. Bunday nufuzli konferensiyada qatnashayotganimdan va ushbu xaritani ishtirokchilarga taqdimot qilganimdan xursandman.

O`zbekiston Prezidentning tabriklarini eshitib, mamnun bo`ldim. Biz – necha yillardan buyon Turkiya va Evropada yashab kelayotgan turklar doim turkiy xalqlarning hur, mustaqil bo`lishini orzu qilib yashadik. Mana, bugun ayni shu erda biz bir paytlar taqiq va ta`qib qilingan fikrlar, shaxslar yana yorug`likka chiqqanini, qadr topayotganini ko`rib turibmiz.

Jadidlarning ezgu qarashlari bizga umid va ilhom beradi, ular o`lgan bo`lsa ham, ularning g`oyalari o`lmaydi, bizning maqsadimiz shu g`oyalarga hayot baxsh etish – O`zbekiston Prezidenti ham o`z tabrigida shu jihatlarga e`tibor qaratgani quvonarli”, deydi Mehmet Tutunchu.

    Boshqa yangiliklar