Ayrim joylarda iste`mol ortgani sababli gaz bosimi pasayishi kuzatilmoqda. Shuning uchun bugundan AGTKShlar ish vaqtiga o`zgartirishlar kiritilib, soat 06:00 dan 12:00 gacha etib belgilandi. Bu haqda "Hududgazta`minot" AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, ushbu choralar vaqtinchalik bo`lib, havo harorati keskin pasayib ketgan vaqtda qo`llaniladi. O`zgidromet xabariga ko`ra, 14-15 dekabrda O`zbekiston hududidan sovuq havo massasi chekina boshlaydi va sovuq kuchsizlashadi.
"Fursatdan foydalanib, «Hududgazta`minot» AJ tabiiy gazni uzluksiz etkazib berish uchun to`lovni o`z vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib o`tadi. To`lovlarni tuman gaz ta`minoti bo`limlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha to`lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin", - deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, avvalroq, 7 – 16-dekabr kunlari oralig`ida aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta`minlash maqsadida metan zapravkalarining ish vaqti soat 6:00 dan 15:00 ga qadar qilib belgilangan edi.