AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 315 ming nafardan ortiq o`zini o`zi band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega bo`ldi

'O`zbekistonda 315 ming nafardan ortiq o`zini o`zi band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 1 dekabr holatiga 315 829 nafar o`zini o`zi band qilgan shaxs 84,6 mlrd so`m miqdorida ijtimoiy soliq to`lab mehnat stajiga ega bo`ldi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha,  Soliq kodeksining 408-moddasiga ko`ra, o`zini o`zi band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega bo`lishi uchun ixtiyoriy ravishda yilda bir marotaba BHMning 1 barobaridan kam bo`lmagan miqdorda (340 000 so`m) ijtimoiy soliq to`lashlari mumkin.

Qayd etilishicha, ijtimoiy soliqlar kelajakda o`zingiz uchun pensiya hisoblanishiga asos bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar