1

Farg`onada 27 yoshli yigit bosh shifokorni pichoqladi

Jinoyat 12.12.2023, 12:38
Farg`onada 27 yoshli yigit bosh shifokorni pichoqladi

Quvasoyda fuqaro bosh shifokorni pichoqladi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 11 dekabr kuni soat 15:30larda Quvasoy shahar Tibbiyot birlashmasining Tug`ruq bo`limiga A.N. Neksiya-3 rusumli avtomashinasida kirib kelgan. Quvasoy shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig`i N.X. uni to`xtatib, shifoxona hududida avtomashinasini tez harakatlantirganligi bo`yicha tanbeh berib tushuntirmoqchi bo`lganida A.N. shifokor bilan o`zaro janjallashib ketgan. Janjal davomida shifokor A.N.ning yuz qismiga qo`llari bilan urgan. A.N. esa yonida bo`lgan pichoq bilan N.X.ning tanasining turli joylariga urib tan jarohati etkazgan.

Oqibatda, N.X. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi TB tomonidan A.N.ga nisbatan JKning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan 304081/2023-175-sonli jinoyat ishi qo`zg`atilib, JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1