AsosiyJamiyat

Farg`onada bosh shifokorni pichoqlagan 27 yoshli yigitga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Farg`onada bosh shifokorni pichoqlagan 27 yoshli yigitga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Biroz avval Farg`onada 27 yoshli yigit bosh shifokorni pichoqlagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan JKning 104-m. 2-q. “l” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati darakchi.uz'ga xabar bermoqda.

Gumon qilinuvchi N.A. JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan. 

Jinoyat ishi viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan bo`lib, yakuniga ko`ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi. 

"Quvasoy shahrida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida kunduzgi va tungi reyd tadbirlari kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilayotganligini ma`lum qilamiz" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar